Kino haqida
Asosiy syujet Germaniyada yashovchi, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganligi sababli qo‘lida bolasi bilan otasining uyiga qaytishga majbur bo‘lgan Leyla va Istanbuldagi restoranlardan birida ishlovchi Alperning taqdirlari kesishishiga asoslangan. Farzandining kelajagi uchun otasining eski tanishi Xashmet bilan baxtli kelajak orzularini qura boshlagan Leyla o'zi uchun eng noqulay kechada Alper bilan uchrashadi.