Kino haqida
Istanbul, 19-asr boshlari. Rossiya imperiyasi elchixonasida ishlaydigan amaldorlardan birining qizi Anna tasodifan Usmonli sultoni Mahmud II bilan uchrashib qoladi. Qizning aql-zakovati va bilimidan qoyil qolgan hukmdor uni o‘z farzandlariga o‘qituvchi bo‘lib ishlashga taklif qiladi, biroq u dastlab rad etadi va Rossiya elchisi Dmitriy unga bosim o‘tkaza boshlaganidan keyingina taslim bo‘ladi. Anna saroyda ishlab yurib, Mahmudga oshiq bo‘la boshlaganini tushunadi. Ammo u juda ko'p muammolarga duch keladi, chunki Sultonning bolalari musofirni tinglashmaydi va haram aholisi uni raqib deb bilishadi. Buning sababi bor: Mahmudning o‘zi ham yangi domlani sevib qoladi.