Kino haqida
Kunlarning birida iste’dodli olim Salvator kichkina bolakayga akula g‘iloflarini ko‘chirib o‘tkazib, uning hayotini saqlab qoldi. O‘sha kundan boshlab Ixtyander olim o‘z asrandi o‘g‘lini chaqirganidek, suv ostida baliqdek suzishi, istalgan chuqurlikka sho‘ng‘ishi mumkin edi, lekin quruqlikda uzoq vaqt qolish unga qiyin bo‘ldi. Yillar o'tib, sokin dengiz shahri bo'ylab baliqchilarni dahshatga solgan g'alati jonzot, ya'ni dengiz shaytoni haqida mish-mishlar tarqaldi. Bu vaqtda shaharda odamlar bilan kam muloqot qiladigan va zo'r suzuvchi yigit paydo bo'ladi. U bir kambag'alning qizi, go'zal Gutier bilan uchrashadi va uni telbalarcha sevib qoladi.