Kino haqida
Ispaniyaning Salamanka shahrida bo‘lib o‘tgan aksilterror forumida ommaviy nutqi chog‘ida AQSh prezidenti ekstremistlar qo‘lida halok bo‘ldi – hech bo‘lmaganda voqea bir qarashda shunday ko‘rinadi. Buning ortidan kuchli portlash yuzlab odamlarni o'ldiradi. Bo‘lib o‘tgan voqealar turli nuqtai nazardan ko‘rsatiladi: razvedkachilar, tasodifiy o‘tkinchilar, terrorchi mutaassib... Bu odamlarning har birining idroki prizmasi orqali sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatish orqaligina suiqasd bilan bog‘liq voqealarning asl mohiyatini anglashga yaqinlashish mumkin.
Rejissyor:Pit Trevis